Huawei 1
AQSH Mudofaa vaziri: Ukraina uzoq masofali raketalarga muhtoj emas

AQSH Ukrainaning uzoq masofali raketalarga muhtojligi haqidagi fikrga qo‘shilmaydi.  Kiyev uzoq masofalarni bosib o‘ta oladigan dronlarni ommaviy ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.

Rimga safarida Pentagon rahbariga hamrohlik qilayotgan jurnalistlar undan AQSHning Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi dronlar ishlab chiqarish uchun 800 million dollar ajratish haqidagi qaroriga izoh berishni so‘rashdi.

“Biz Ukraina uzoq masofani bosib o‘tishga qodir dronlarni ommaviy ishlab chiqarish potensialiga ega ekanini ko‘rmoqdamiz. Ular bunday dronlarni ballistik raketa narxining bir qismiga tayyorlay oladi”, deydi Ostin.

“Shunday ekan, ularning bu imkoniyatini rivojlantirishga sarmoya kiritish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Bu holat, mening fikrimcha, Ukrainada kelajakda ham yuzaga keladigan ehtiyojlarga javob beradi”, deb qo‘shimcha qildi Ostin.

21-oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Vashingtondan taxminan 1,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketlarini kutayotganini va uzoq masofali qurollarini ishlab chiqarish uchun yil oxirigacha yana 8 milliard dollar olishga umid qilishini aytdi.

O‘sha kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainaga 400 million dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha navbatdagi yordamni eʼlon qildi. Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlanganidan beri Vashington Kiyevga jami 59 milliard dollardan ortiq miqdorda harbiy yordam ajratdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102416 | Инструменты