AQSH Xitoy bilan tariflar bo‘yicha “kelishuv” bo‘yicha bir qarorga keldi. Bu haqda 11 may, yakshanba kuni Vashingtonning savdo muzokaralaridagi vakili Jeymison Grir maʼlum qildi. Unga ko‘ra, tafsilotlar 12 may kuni eʼlon qilinadi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen boshchiligidagi Xitoy tomoni Jenevada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga yetganidan keyin hech qanday izoh bermadi, deb xabar berdi dpa agentligi.
AQSH prezidenti Donald Tramp avvalroq mamlakat milliy xavfsizligiga savdo taqchilligi tahdidi sababli favqulodda holat eʼlon qilgan edi. «Biz xitoylik hamkorlarimiz bilan erishgan kelishuvimiz ushbu milliy favqulodda vaziyatni hal qilish bo‘yicha ishimizda yordam berishiga ishonchimiz komil», dedi Grir ikki kunlik muzokaralar yakunida.
Tomonlar kelishmovchiliklar dastlab o‘ylagandek katta emasligi to‘g‘risida bir fikrga keldi, deya xabar beradi dpa axborot agentligi. AQSH moliya vaziri Skott Bessentning aytishicha, bu borada «katta o‘zgarish»ga erishilgan. Uning pozitsiyasini Xe Lifen qo‘llab-quvvatladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51221 | Инструменты