AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens prezident Donald Trampning Yevropaning sharqida yadro qurollarini joylashtirish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashiga shubha bildirdi.
“Men bu masalani prezident bilan muhokama qilganim yoʻq, lekin agar u yadro qurolini Yevropaning sharqiga yanada yaqinroq joylashtirishni ma’qullasa, hayratda qolgan boʻlardim. Bu insoniyat sivilizatsiyasining kelajagi bilan bogʻliq masala”, — dedi Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
13-mart kuni Polsha Prezidenti Anjey Duda AQShdan yadro kallaklarini Gʻarbiy Yevropadan Polsha hududiga koʻchirishni soʻradi. Uning fikricha, bu Rossiyani tiyib turish uchun muhim omil boʻlishi mumkin. Duda bu tashabbusni 2024-yilda, Jo Bayden prezidentligi davrida ham ilgari surgan edi, biroq u paytda loyiha amalga oshmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31419 | Инструменты