Huawei 1
AQSH vizalar berishni to’xtatdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy yilning oxirigacha xorijiy mutaxassislar va ularning oila a'zolari, shuningdek, mavsumiy ishchilar uchun vizalar berishni to'xtatishni buyurdi. Prezident tomonidan imzolangan ushbu farmon amerikaliklarni ish bilan ta'minlashga ustuvor ahamiyat berishga qaratilgan.

Cheklov H-1B, H-2B, H-4, L-1 va J-1 vizalasining ayrim turlariga  nisbatan joriy qilinadi. H-1B vizalari asosan texnologiya sohasida malakali mutaxassislarga ishlash uchun beriladigan ruxsatnomadir. H-4 vizalari H-1B viza egalarining turmush o'rtog'iga beriladi. J-1 vizalari fan vakillariga va l-1 vizalari ko'chib o'tishdan oldin AQShda ishlash uchun kelgan eng yaxshi menejerlarga beriladi. H-2b vizalari mavsumiy ishchilar uchun beriladi. Tramp ma'muriyatining yuqori lavozimli mulozimiga ko'ra, qabul qilingan chora-tadbirlar amerikaliklar uchun "50 ming ish joyini xozirlaydi".

Cheklovlar uzoq muddatli bo’lishi mumkin, ular AQShda ishlayotganlarga nisbatan qo'llanilmaydi. Avvalroq, Donald Tramp xuddi shu asoslar bilan amerikaliklar uchun ish o'rinlarini himoya qilib, “green card” berishni to'xtatgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga