Huawei 1
AQSHda Microsoft kompaniyasiga qarshi yirik tergov boshlandi

AQSH Federal savdo komissiyasi (FTC) Microsoft korporatsiyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi keng ko‘lamli tekshiruv boshladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Tekshiruv kompaniya faoliyatining turli jihatlariga, jumladan, bulutli xizmatlar, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalarga tegishli. FTC kiberxavfsizlik bilan bog‘liq hodisalardan keyin Microsoft’ni diqqat bilan kuzatmoqda.

Kompaniya davlatning yirik pudratchisi bo‘lib, ko‘plab AQSH idoralariga, jumladan, Pentagonga milliardlab dollarlik dasturiy ta’minot va xizmatlarni taqdim etadi.

Microsoft’ga yuborilgan maktubda FTC tergovga yordam beradigan ma’lumotlarni taqdim etishni talab qildi, deydi manba.

Microsoft — Amerikaning eng yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi. U 1975-yilda Vashington shtatida tashkil etilgan. Kompaniyaning eng mashhur mahsulotlariga Windows oilasi operatsion tizimlari, Microsoft Office dasturlar to‘plami, dasturiy ta’minot va video o‘yinlar ishlab chiqish uchun vositalar (Visual Studio), turli xil tizim utilitalar, shuningdek, biznes va internet ilovalar kiradi. Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi, dasturlari esa 45 tilga tarjima qilingan. 

27-noyabrdagi maʼlumotlarga ko‘ra, Microsoft aksiyalari bir oylik davriy savdolar natijasida -1,17 foizga qadrsizlanib, 422,99 dollarga baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112819 | Инструменты