Huawei 2
AQSHda oziq-ovqat do‘konida sodir bo‘lgan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi

AQSHning Arkanzas shtatidagi oziq-ovqat do‘konida 21-iyun kuni yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Otishma shtatning Fordis shahrida yuz bergan. Oziq-ovqat do‘koniga kirib kelgan xaridorlardan biri o‘qotar qurol bilan fuqarolarga, keyinroq esa hududga tezlikda yetib kelgan politsiya xodimlariga hujum qilgan.

Politsiya otishma ketayotgan paytning o‘zida jinoyatchining shaxsini aniqlagan. U 44 yoshli Travis Posey ismli shaxs ekani maʼlum qilingan. Bir necha soat davom etgan operatsiyada jinoyatchi og‘ir yaralangan va qo‘lga olingan. Hodisada jarohatlangan 10 kishi orasida ikki nafar politsiyachi ham bo‘lgan. Shuningdek, mahalliy aholi vakillari va do‘kon xodimlari ham jarohat olgan. Ular mahalliy kasalxonaga olib ketilgan.

Arkanzas shtati politsiyasi xabariga ko‘ra, Nyu-Edinburgda yashovchi Travis Poseyga uchta qotillik hujumi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi kutilmoqda. Ayblanuvchi oldin ham shtatning bir qancha hududlarida shu kabi jinoyatlarni sodir etgan va yashirinishga erishgan.

Traviy Posey otishmada olgan jarohati ortidan avvaliga shtat kasalxonasiga olib kelingan. Shifokorlar uning hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olganini maʼlum qilishgan. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng u Uachita hibsxonasiga olib ketilgan. Qurolli zo‘ravonlik arxivi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Qo‘shma Shtatlarda kamida 234 ta ommaviy qotillik sodir etilgan. Ommaviy qotillik tushunchasi AQSHda to‘rt va undan ortiq shaxsni o‘ldirish holatiga nisbatan ishlatiladi.

21-22-iyun kunlarining o‘zida mamlakat miqyosida 21 ta ommaviy otishma kuzatilgan. Shtatlarda politsiya tartiboti va nazorati kuchaytirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62802 | Инструменты