Huawei 2
AQSHdagi namoyishlarda Rossiyaning qo’li bormi?

AQSHda afroamerikalik fuqaroning o’limidan so’ng boshlangan namoyishlarga Rossiya sabab bo’lishi mumkin. Bu haqida sobiq prezident Barak Obamaning xavfsizlik masalalar bo’yicha maslahatchisi Syuzan Rays CNNga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Mamlakatimizda namoyishlarni tinchlikka tayanib o’tkazadigan fuqarolarimiz bor, ular haqiqiy masalalarni ko’taradi. Shu bilan birga bizda ekstremistlar ham bor. Ular namoyishlarni boshqacha bir narsaga aylantirishni niyat qiladi”, - dedi Rays.

“O’zimning tajribamdan kelib chiqib aytamanki, namoyishlar vaqtidagi talon-tarojga, hamda namoyishlarning izdan chiqishiga Rossiya sabab bo’lishi mumkin”, - qo’shimcha qildi u.

AQSH hukumati namoyishlar vaqtida politsiyaga qaratilgan hujumlarga ichki terrorizm sifatida qaralishini ma’lum qildi. Kelishmovchiliklar vaqtida ikki nafar politsiya hodimi yaralandi. Ofitserlardan biri vafot etdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga