Halokatga uchragan “Azerbaijan Airlines” (AZAL) samolyotining qora qutisi topildi, deya xabar bermoqda Kazinform Qozog‘iston bosh transport prokurori Timur Suleymenovga tayanib.
Bosh vazir o‘rinbosari Kanat Bozumbayevning aniqlik kiritishicha, samolyot soat 11:02 da respublika havo hududiga kirgan. Soat 11:28 da u bilan aloqa uzilib, 11:37 da yer bilan to‘qnashgan. Halokat joyidan topilgan registrator ishga kiritilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokatda 38 kishi halok bo‘lgan. Omon qolgan 29 kishi, jumladan, uch nafar bola kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir. ️
Rossiya, Ozarbayjon va Qozog‘istonda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jinoiy ishlar ochilgan. Bokuda ham ehtiyotsizlik bo‘yicha ish ochilgan. AZAL aviahalokat sabablarini tekshirish tugaguniga qadar Bokudan Grozniy va Maxachqal’aga parvozlarni to‘xtatishga qaror qildi. Tashuvchi halokatning dastlabki sababini samolyot va qushlar o‘rtasidagi to‘qnashuv deb ko‘rsatdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 26-dekabrni motam kuni deb e’lon qildi. U Rossiyaga tashrifini to'xtatdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты