Huawei 1
Armaniston KXSHTning barcha organlaridagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi

Armaniston hozirda KXSHTning barcha organlaridagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanga tayanib, APA xabar berdi.

Biz KXSHTning barcha organlaridagi faoliyatimizni muzlatib qo'ydik va hozirgi bosqichda buni yetarli deb hisoblaymiz. Endilikda boshqacha qaror qabul qilish zaruratini ko‘rmayapmiz, ammo bu kelajakda boshqa qaror qabul qilmasligimizni anglatmaydi, degan u.

Pashinyan 2024-yilning 12-iyun kuni Armaniston KXSHTdan chiqishini ma’lum qilgandi.

Chiqamiz. Qachon chiqishni o‘zimiz hal qilamiz. Sizningcha, keyingi qadamimiz qanday bo‘lishi kerak? Axir orqaga qaytmaymiz-ku! Boshqa yo‘limiz yo‘q, deya ta’kidlagan u.
Siyosatchi mamlakatning sobiq hukumatini o‘z shartnomaviy majburiyatlarini bajarmayotgan “pufaksimon ittifoq”qa (KXSHTni nazarda tutgan) kirgani uchun ayblagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21920 | Инструменты