Huawei 1
“Avatar” filmining to‘rtinchi qismini suratga olish boshlandi

Rejissor Jeyms Kemeron “Avatar” turkumidagi to‘rtinchi filmni suratga olish ishlari boshlanganini e'lon qildi. U bu haqda video havola orqali ishtirok etgan D23 Expo tadbirida ma'lum qildi.

Kemeronning aytishicha, shuningdek, hozirda “Avatar 3” filmini suratga olish davom etayapti. Shu bilan birga, "Avatar 2" ("Avatar: Suv yo‘li") esa post-prodakshn bosqichida.

"Filmning ikkinchi qismi ustidagi ishlar nihoyasiga yetayotganidan juda xursandman. Bilaman, buni hamma juda uzoq kutgan", - deydi rejissyor.

U tadbir mehmonlariga bo'lajak filmdan bir nechta yangi sahnalarni namoyish etdi. Xususan, tomoshabinlar Pandora o‘rmonlarida mushtlashuvni, shuningdek, Zoi Saldana (Neytiri) va Sem Uortington (Jeyk) qahramonlari o‘rtasidagi suhbat va janjalni ko‘rdi. Filmning premyerasi dekabr oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, "Avatar" filmi 2009-yilda chiqqan. Voqealar Pandora sayyorasi nomli joyda sodir bo'lgan. “Avatar” 2 milliard dollardan ko‘proq daromad olgan birinchi film bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11516 | Инструменты