Amerika Qo’shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden qor bo’roni sababli Nyu-York shtatida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Oq uy saytidagi bayonotda xabar berildi.
“Prezident Bayden Nyu-York shtatida favqulodda holat e’lon qildi va 2022-yil 23-dekabrda boshlangan kuchli bo’ron natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar tufayli shtat va mahalliy chora-tadbirlar uchun federal yordam ko’rsatishni buyurdi”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, AQSh Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligi va Milliy xavfsizlik departamentiga mamlakat prezidenti tomonidan tabiiy ofatdan jabr ko’rgan shtat aholisiga yordam ko’rsatish bo’yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirish vakolati berildi.
Avvalroq Bayden Nyu-York shtati gubernatori Keti Xokul bilan telefon orqali aloqaga chiqib, qor bo’roni sababli federal yordam taklif qilgan edi.
Eslatib o’tamiz, 23-dekabr, juma kuni AQShda sodir bo’lgan qor bo’roni 1,5 million xonadonni elektr ta’minotisiz qoldirgan edi. Shu bilan birga 5500 ga yaqin aviareyslar bekor qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51201 | Инструменты