Huawei 1
Bayden Trampni “siyosiy qamoqqa olish”ga chaqirdi

AQSH prezidenti Jo Bayden respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni “siyosiy qamoqqa olish”ga chaqirdi.

U Trampning hokimiyat tepasiga kelishining mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida o‘ylashni taklif qildi.

“Biz uni qamoqqa olishimiz kerak. Siyosiy qamoqqa olish kerak. Uni yo‘q qilish kerak”, dedi Bayden Nyu Hempshirdagi Demokratik partiyaning tadbirida.

Bayden Oliy sudning Donald Tramp daxlsizligi haqidagi qarorini inobatga olgan holda, “o‘zi uchun xavf tug‘diradi deb hisoblagan odamni jismonan yo‘q qilish” huquqiga ishonchi komil ekanini aytdi.

“Agar besh yil oldin aytganimda, meni qamagan bo‘lardingiz. Demokratiyamiz xavf ostida. Agar Tramp bu saylovda g‘alaba qozonsa nima bo‘lishini o‘ylab ko‘ring”, deya qo‘shimcha qilgan Amerika yetakchisi.

Donald Trampga to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha jami 91 ta ayblov qo‘yilgan. Eng og‘ir ayblovlar uchun jazo 20 yilgacha qamoq hisoblanadi. Ayblovlar yig‘indisiga ko‘ra, siyosatchini 700 yildan ortiq qamoq jazosi kutmoqda. Respublikachi jinoiy ta’qibni demokratlar tomonidan uning Oq uyga qaytishiga to‘sqinlik qilishga urinish deb hisoblaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102416 | Инструменты