Bayden vs Tramp – so’nggi munozaralarda kim g’olib bo’ldi?

AQSh Prezidenti Donald Tramp va demokratlardan raqib Jo Bayden o’rtasidagi so’nggi munozaralar payshanba kuni bo'lib o'tdi. Undagi asosiy mavzu albatta pandemiya masalasi bo’ldi.

Tramp avvalgi munozaralarga qaraganda biroz o’zini bosib turishga harakat qildi, ehtiroslarini ko’rsatmadi. Shu bilan birga u Bayden va uning oilasiga nisbatan korrupsiya ayblovlarini ilgari surdi.

"Insonlarning o'limi uchun javobgar bo’lgan shahs Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti bo’lishga munosib emas", dedi Bayden.

Tramp esa bemorlar sonining ortishiga qaramasdan, iqtisodiyotni qayta to’xtatish mumkin emasligini aytdi.

"Biz virus bilan birga yashashni o'rganamiz", dedi Trump. - Bizda boshqa tanlov ham yo'q."

Shu bilan birga Tramp virus asta-sekin yo’qolayotganini ta’kidladi. Ammo amaldagi vaziyat biroz boshqacha. Payshanba kuni ba’zi shtatlar yangi anti-rekordlar o’rnatilganini xabar qildi.

Bayden esa Trampning Shimoliy Koreya rahbari, Kim Chen In bilan bo’lgan munosabatlarini ham qoraladi. “Tramp Kim Chen Inni do’sti deb atadi. Kim Chen In esa jinoyatchi. U oddiy bir jinoyatchi. Shimoliy Koreya raketalari bemalol AQSH hududiga yetib kelishi mumkin”, - dedi Bayden.

 Munozaralar davrida Trampni irqchilikda ayblashdi. “Men ushbu xonadagi irqchilik muammolari bo’lmagan yagona odamman. Mening barcha odamlar bilan munosabatim yaxshi”, - dedi Tramp. 


Izohlar: 4
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Zafarjon
    0
    Zafarjon 5 yil avval

    chunki halgga boglig ikkalasi ham 50ga 50 ovoz tuplagan ohirgi ingliz tilidagi yangiliklarni kuringlar BBC YOYKI CNN NI KURING INTERNETDA BORKU LEKIN BORKU JON BIYDENDA 72 FOIZ BULYAPTI POCHTA ORGALI MUDDATDAN OLDIN OVOZLARNI HISOBLAB AYTISHAYAPTIKU

  • Zafarjon
    0
    Zafarjon 5 yil avval

    3 nchi noyabrda anig buladi kim golibligi chunki

  • Nuriddin
    18
    Nuriddin 5 yil avval

    Tramp

  • Sherali
    5
    Sherali 5 yil avval

    Kim yutdi


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43018 | Инструменты