“Ayritom” postida salkam 8 kg giyohvandlik moddalarini olib kirishga uringan fuqaro ushlandi

2024-yil 3-iyul kuni soat 22:40 larda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘zaro hamkorlikda, “Ayritom” chegara bojxona postining “kirish” avtopovilyoniga kirib kelgan O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasi kabinasidagi xufiya joyga berkitilgan 7 ta sariq rangli skoch bilan o‘ralgan o‘ramlar borligi maʼlum bo‘ldi. 

Shundan so‘ng, ushbu o‘ramlar ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda 3 ta o‘ramda jami og‘irligi 3 kg bo‘lgan “opiy” va 4 ta o‘ramda og‘irligi 4 kg 950 gr bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda, ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70817 | Инструменты