Huawei 1
Besh arab davlati Trampning G‘azoni tartibga solish tashabbusiga qarshi chiqdi

Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Misr va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari AQSh Davlat kotibi Marko Rubio nomiga xat yo‘llab, Falastinliklarni G‘azo sektoridan majburan ko‘chirish rejasini keskin tanqid qilishdi.

So‘nggi bir hafta ichida AQSh prezidenti Donald Tramp uch marotaba Falastinliklarni G‘azodan Misr va Iordaniyaga ko‘chirish zarurati haqida ommaviy chiqishlar qilgan edi.

Arab davlatlari vazirlarining maktubida shunday deyiladi: “Falastinliklar o‘z yurtlarini tark etishni xohlamaydi, ularning majburiy ko‘chirilishi esa mintaqadagi mojaroni yanada xavfli darajaga olib chiqadi.” Xatda shuningdek, Falastinliklarning mintaqada ko‘payishi “radikallashuv va tartibsizliklar xavfini oshirishi” qayd etilgan. Yaqin Sharq esa allaqachon ko‘chirilgan aholining katta oqimi bilan “og‘ir yuklangan” hudud sifatida ta’riflangan.

Axios nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu xat AQSh Davlat departamentiga ushbu besh davlat elchilari tomonidan yetkazilgan. Hujjatga ushbu mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari bilan birga Falastinni Ozod Qilish Tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi Husayn al-Shayx ham imzo chekkan.

Oq uyning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff esa Donald Trampning bu tashabbusini izohlarkan, “Hozirda G‘azo sektori yashash uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan. Harbiy harakatlar oqibatida yetkazilgan talafotlarni bartaraf etish uchun 10-15 yil kerak bo‘ladi”, deya ta’kidlagan.

1-fevral, shanba kuni Donald Tramp Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan ushbu masalani muhokama qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20413 | Инструменты