Ukraina jang maydonida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmasa...
Ukrainada Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarish uchun olti oy vaqt bor. Shundan so'ng G'arb Ukrainani tinchlik muzokaralariga majburlashga urinib ko'radi, deb yozadi Germaniyaning Bild gazetasi AQSh va Germaniya hukumatlaridagi manbalarga tayanib.
Ularning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlari jang maydonida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmasagina, bu sodir bo‘ladi.
“AQShda ham, Germaniyada ham yopiq eshiklar ortida hukumat Ukrainaga hududlarni kuzgacha qaytarishi kerakligini da'vo qilmoqda. Agar bu muvaffaqiyatsizlikka uchrasa yoki qisman muvaffaqiyatga erishsa, muzokaralarni majburlash bo'yicha bosim kuchayadi”, - deydi gazeta manbalari.
Eslatib o'tamiz, 24-fevral kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo'yicha 12 banddan iborat “Tinchlik rejasi”ni e’lon qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy takliflarida tinchlik rejasini ko'rmaganini ta'kidladi.
“Menimcha, bu Xitoyning tinchlik rejasi emas edi, rezolyutsiya va deklaratsiya ham emas. Bu biror narsa uchun infratuzilma ham emas. Menimcha, Xitoy bu borada o’z fikrlarini bildirgan xolos”, - degan mamlakat rahbari.
AQSH prezidenti Jo Bayden esa Xitoyning “tinchlik rejasi” faqat Rossiya uchun foydali bo'lishini aytdi.
"Putin buni olqishlaydi. Men rejada Rossiyadan boshqa hech kimga foydali bo’ladigan tomonini ko’rmadim", - degan edi Bayden.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты