Antoniu Guterrish Mo'g'ulistonga "notinch sayyoradagi tinchlik timsoli" deya tarif berdi
Joriy yil 9-avgust kuni BMTning Bosh kotib Antoniu Guterrish Mo'g'ulistonga tashrifi chog'ida BMTning mamlakat bilan to'liq birdamligini e'lon qildi hamda Mo'g'ulistonni "notinch sayyoradagi tinchlik timsoli" deb atadi.
Uning ta'kidlashicha, keskin geosiyosiy qarama-qarshiliklar va keng ko'lamli mojarolar hukm surayotgan dunyoda Mo'g'uliston yadro qurolidan xoli hudud sifatida ko'plab boshqa davlatlar uchun namunadir.
"Biz o'n yilliklar ichida birinchi marta odamlar yana yadro urushi bo'lishi mumkin deb o'ylayotgan dunyoda yashayapmiz. Yadro urushi haqiqatga aylanmasligiga to'liq amin bo'lishimiz mumkin bo'lgan yagona shart bor, bu esa bunday qurollarni butunlay yo'q qilishdir", - dedi Antonio Guterrish.
Shuningdek, tomonlar mintaqadagi geosiyosiy vaziyat, dengizga chiqish imkoni yo‘q mamlakat sifatida Mo‘g‘uliston duch kelayotgan muammolar va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha milliy sa’y-harakatlarni muhokama qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51303 | Инструменты