Bugun Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Juma kuni Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochildi. Mamlakatdagi saylov natijalari barcha ovozlar sanab bo‘lingandan so‘ng 6-iyul kuni ertalab ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

69 yoshli sobiq sog‘liqni saqlash vaziri, islohotchi Masud Pezeshkiyan va Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi 58 yoshli vakili, konservativ Said Jaliliy prezidentlik uchun kurashadi. 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan birinchi turda Pezeshkiyan va Jaliliy mos ravishda 44 foiz va 40 foiz ovoz olgan. G'alaba qozonish uchun 50% dan ko'proq ovoz olish kerak edi. Saylovchilarning 40 foizi ishtirok etdi, bu islomiy respublikaning 45 yilidagi eng past ko‘rsatkichdir. Saylov byulletenlarining kamida 4 foizi haqiqiy emas deb topildi.

Erondagi siyosatchilar shartli ravishda uchta lagerga bo‘lingan: konservatorlar, islohotchilar va mo‘tadillar. Shu bilan birga, barcha oqimlar vakillari respublika davlat tuzumini, jumladan, islomni mamlakatning rasmiy dini sifatida mustahkamlashni zarur deb hisoblaydilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70807 | Инструменты