Huawei 1
Butun dunyoda eng ko'p maosh oladigan 10 ta davlat prezidentlari e'lon qilindi

Davlat yoki hukumat rahbari o‘z ishida katta mas’uliyatga ega bo'ladi. Demak, shunga yarasha davlat rahbarining nominal daromadi juda katta bo'lishi mumkin. 2022-yil uchun dunyodagi eng yuqori daromadga ega 10 ta davlat rahbarlari ro'yxati e'lon qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, AQSh davlat rahbari Jo Bayden TOP-10 ro'yxatiga kirmagan. Ammo ushbu davlat dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega.

Quyida dunyoda eng ko'p yillik maosh oladigan davlat rahbarlarining ro'yxati keltirilgan:

1. Saudiya Arabistoni qiroli - Salmon bin Abdulaziz al-Saud

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al-Saudning bir yillik maoshi 9,6 milliard dollarni tashkil qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 2015-yildan beri Saudiya Arabistoni qirolligi hokimiyatini qirol Salmon bin Abdulaziz boshqarib kelmoqda. Saudiya Arabistoni hukmdori bo‘lgunga qadar qirol Salmon valiahd shahzoda va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, unga bir vaqtlar Ar-Riyod viloyati gubernatorligi ham ishonilgan edi.

2. Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti (BAA)

BAAga prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayon rahbarlik qiladi. Uning ish haqi 4,6 mlrd dollarini tashkil etdi. Xalifa Bin Zayd Al Nahayon 2004-yil 3-noyabrdan buyon prezident lavozimida ishlab kelmoqda.

3. Bruney Darussalam sultoni - Hassanal Bolkiah

Bruney Darussalam sultoni Hassanal Bolkiah dunyoda davlat rahbarining eng yuqori maoshi bo'yicha uchinchi o'rinni egallab turibdi. Uning maoshi 1,9 mlrd dollarini tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, Sulton Hassanal Bolkiah Esvatini, Ummon, Saudiya Arabistoni, Vatikan va Birlashgan Arab Amirliklari bilan birga dunyodagi so‘nggi mutlaq monarxlardan biri hisoblanadi. 

4. Quvayt amiri - Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Sabah

Quvayt amiri 165 million dollar maosh oladi. Quvayt Emitining hozirgi rahbariyatini 2020-yil 29-sentabrdan beri qabul qilib olgan Navaf Al-Ahmad Al-Jabir egallab turibdi.

5. Angliya qirolichasi - Yelizaveta II

Angliya qirolichasi Yelizaveta II 122 million dollari miqdorida maosh olgani qayd etilgan. Qirolicha taxtini u otasi qirol Jorj VI vafotidan keyin 1953-yildan beri egallab kelgandi. Ammo shu yil 8-sentyabr kuni Qirolicha vafot etdi.

6. Tailand qiroli - Maha Vajiralongkorn

Tailand qiroli Maxa Vajiralongkorn 84 million dollari miqdorida maosh olayotgani qayd etilgan. Maha Vajiralongkorn 2016-yil 13-oktabrdan beri Tailand qiroli hisoblanadi. 

7. Qirol Esvatini - Msvati III

Qirol Msvati II Esvatini davlatining rahbari. Afrikaning janubidagi kichik bir davlatni boshqarayotgan bo'lsa-da, uning maoshi 56 millon dollariga baholandi.

8. Monako shahzodasi - Albert II

Monako dunyodagi ikkinchi eng kichik davlatlardan biridir. Biroq, Monako shahzodasi Albert II 52 million dollari miqdorida maosh oladi.

9. Qatar amiri - Tamim bin Hamad Al Tani

Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol-Than dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbari ro‘yxatida 9-o‘rinni egalladi. Uning maoshi 36 million dollarga baholanmoqda.

10. Norvegiya qiroli - Xarald V

Norvegiya qiroli Xarald V 33 million dollar maosh oladi.

Quyidagi videoda butun dunyodagi 150 davlat rahbarlarining maoshini ko'rishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92901 | Инструменты