Huawei 1
Denis Shmigal: “Ukraina AQSHdan 1,35 mlrd dollar miqdorida grant oldi”

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga Xalqaro taraqqiyot agentligi orqali 1,35 milliard dollar miqdorida grant ajratdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

“Ukraina Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 1,35 milliard dollarlik grant oldi. Biz bu mablag‘larni ustuvor gumanitar va ijtimoiy dasturlarga yo‘naltirmoqdamiz. Hukumatimiz shu va kelgusi yilda ham zarur moliyaviy resurslarni  ittifoqchilarimizdan safarbar qilishda davom etadi”, deya ta’kidladi u.

Avvalroq Denis Shmigal Jahon banki Ukrainaga 750 million dollar miqdorida yangi yordam paketi ajratishini ma’lum qilgandi.

“Mablag‘lar Yevropa ittifoqiga qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ‘Sog‘lom fiskal boshqaruv orqali tiklanishni qo‘llab-quvvatlash’ loyihasi doirasida taqdim etiladi. Ushbu mablag‘ning bir qismi Yaponiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Advance Ukraine jamg‘armasidan ajratiladi”, deb yozdi Shmigal.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111423 | Инструменты