Huawei 1
Donald Tramp Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida Tesla avtomobili xarid qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi Tesla avtomobili sotib olishini ma’lum qildi.

«Ertaga ertalab Ilon Maskka nisbatan ishonch va qo‘llab-quvvatlov belgisi sifatida mutlaqo yangi Tesla sotib olmoqchiman. Nima uchun u o‘zining ulkan qobiliyatidan Amerikani yana buyuk qilishda foydalanayotgani uchun jazolanishi kerak?» — deb yozadi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga.

Oldinroq butun Yevropa bo‘ylab Tesla avtomobillari savdosi tushib ketgan edi. Bunga Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbarligi lavozimida amalga oshirayotgan harakatlari, shuningdek, Yevropadagi o‘ta o‘ng partiyalarni qo‘llab-quvvatlayotgani sabab bo‘lmoqda. AQSh shaharlarida, shuningdek, London, Barselona, Lissabon va Reykyavikda Ilon Maskning Donald Tramp ma’muriyatidagi harakatlariga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, 10 mart kuni Tesla kompaniyasi aksiyalari 15 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi, bu Donald Trampning 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan beri erishilgan barcha o‘sish ko‘rsatkichlarini yo‘qqa chiqardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31210 | Инструменты