Huawei 1
Polshada o‘zbekistonliklarning tana aʼzolarini sotgan shaxs qo‘lga olindi

Polshada ukrainalik ayol 56 ta inson buyragini sotgani uchun qo‘lga olindi — qurbonlar orasida o‘zbekistonliklar ham borligi aytilmoqda. 

35 yoshli Kseniya Peremishlidagi temir yo‘l nazorat punkti orqali mamlakatni tark etishga urindi, biroq Interpol uni to‘rt yildan ko‘proq vaqt davomida qidirgani maʼlum bo‘ldi, deb yozadi Gazeta.pl nashri

Huquq-tartibot idoralari aniqlaganidek, ukrainalik ayol 2017 yildan 2019 yilgacha noqonuniy ravishda inson aʼzolarini olib-sotgan jinoiy guruh aʼzosi bo‘lgan.

Qozog‘iston sudi ayolni sirtdan 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 

Organ savdosi qurbonlari Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Tailanddan bo‘lgan 56 kishidir. 

Hibsga olinganidan keyin Kseniya prokuraturaga olib borildi va so‘roq qilindi. Polsha rasmiylari allaqachon Qozog‘istonga ekstraditsiya jarayonini boshlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31216 | Инструменты