Huawei 1
Donald Trampning o‘g‘li Italiyada noqonuniy ovda gumon qilinmoqda

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li kichik Donald Tramp Italiyada himoyalangan hududda noqonuniy ov qilishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Corriere della Sera gazetasi xabar berdi. Ushbu holatni Veneto viloyati mintaqaviy kengashi a’zosi Andrea Dzannoni tasdiqlagan.

Kichik Tramp dekabr oyida Italiyaga tashrif buyurgan va Adriatika dengizi sohilida ovda qatnashgan. Bir necha kun oldin AQShning ovga bag‘ishlangan veb-saytlaridan biri uning qushlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Italiya qonunchiligi bilan himoyalangan noyob qizil o‘rdaklarga qarata o‘q uzayotganini aks ettirgan reportajni e’lon qilgan.

Andrea Dzannonining so‘zlariga ko‘ra, Italiyada ov qilish huquqi faqatgina mamlakatning ma’lum hududlarida yashovchi fuqarolarga berilgan. 

“Buning uchun politsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ovchilik litsenziyasi talab etiladi, eng muhimi, ushbu hujjat faqat Italiya hududiy aholisiga taqdim etiladi”, – deya ta’kidlagan u.

Yevropa ekologik partiyasi – “Yashil Yevropa” ushbu holat bo‘yicha Italiya ekologiya vaziri Jilberto Piketto-Fratina bilan masala muhokamasini rejalashtirmoqda. Partiya a’zosi, deputat Luana Dzannella quyidagicha bayonot bergan: “Biz ekologiya vaziridan bu holat yuzasidan tushuntirish berishini so‘raymiz, chunki himoyalangan turlarni ovlash jinoyat hisoblanadi.”

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20413 | Инструменты