Shahar hokimi, BAA Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum yangilangan transport markazi 400 ta samolyotni sig‘dira olishini ta’kidladi
Dubay hukumati shaharning janubiy qismida joylashgan Al Maktum xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali qurilishi uchun 128 milliard dirham (34,8 milliard dollar) ajratadi. Bu haqda Dubay hukmdori, BAA bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum ma’lum qildi.
"Bugun biz Al-Maktum xalqaro aeroportida yangi yoʻlovchi terminali loyihasini maʼqulladik va Dubay aviatsiya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan strategiya doirasida 128 milliard dirham qiymatidagi bino qurilishini boshlashga buyruq berdik", — deb yozdi BAA bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroport yiliga 260 milliondan ortiq yo‘lovchi tashish imkoniyatiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yirik aeroportlardan biriga aylanadi. 400 ta samolyotni sig‘dira oladigan yangilangan transport markazi beshta parallel uchish-qo‘nish yo‘lagi bilan jihozlanishi kutilmoqda.
"U hozirgi Dubay xalqaro aeroportidan besh baravar katta bo'ladi. Yaqin yillarda Dubay xalqaro aeroportining barcha operatsiyalari unga o'tkaziladi", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111716 | Инструменты