Huawei 1
Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi

Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum dunyodagi eng baland osmono‘par bino — Burj Xalifadan parashyutda sakradi. U osmono‘par binoning 139-qavatidan sakrayotgani aks etgan videoni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joyladi.

Valiahd shahzoda buni dunyoning 15 mamlakatidan kelgan 31 nafar ekstremist bilan birga amalga oshirgan. Gulf News ma’lumotlariga ko‘ra, sportchilar ikki kun davomida maxsus jihozlangan 12 metrlik platformadan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda jami 437 marta sakragan.

Shahzodaning Instagram’ga joylagan videosi allaqachon olti milliondan ortiq ko‘rildi. Videoda minoraga o‘rnatilgan platformani ko‘rish mumkin — unda “139-chiqish” deb yozilgan. Sakrash uchun maxsus platforma binoning 139-qavatidan olti metr yuqoriroqqa o‘rnatilgan.

Ta’kidlanishicha, Burj Xalifadan parashyutda sakrash bo‘yicha bunday festival ilk bor 2014 yilda o‘tkazilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22421 | Инструменты