Huawei 1
Qashqadaryoa 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumani "Obron" MFYda joylashgan "M. S." fermer xo’jaligi 4 ta suv nasos qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 702 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22420 | Инструменты