Xalqaro migratsiya kun tartibidagi dolzarb global muammoga aylangan. 2020-yilda 281 million kishi o'z mamlakati yoki tug'ilgan hududidan tashqariga ko'chib ketgan, bu dunyo aholisining 3,6 foizini tashkil qiladi. Buni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi ma’lumotlari tasdiqladi.
Migratsiya muammosi dunyoning deyarli barcha mintaqalarida seziladi. O‘tgan 20 yil davomida sodir bo‘lgan qator salbiy jarayonlar tufayli xalqaro tashkilotlar va milliy hukumatlar uni hal qilish uchun yetarli imkoniyatlarga ega emas.
Urushlar, muzlatilgan mojarolar, daromadlar tengsizligi va yomon boshqaruv tufayli yashash joylarini tark etishga majbur bo'lganlar soni misli ko'rilmagan darajaga yetdi. Bu jarayonning sabablariga global isish va ekologik ofatlar ham qo'shilishi mumkin.
BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissarligi hisobotiga ko'ra, Yevropaga 86,7 million, Osiyoga 85,6 million, Shimoliy Amerikaga 58,7 million, Afrikaga 25,4 million, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlariga 14,8 million kishi, Okeaniya mamlakatlariga, shu jumladan Avstraliyaga 9,4 million kishi ko'chib o'tgan.
Hujjatda ma'lum qilinishicha, 2022-yilda dunyo bo'ylab 108,4 millionga yaqin odam ta’qiblar, mojarolar, zo'ravonliklar va inson huquqlarining buzilishi natijasida majburiy ko'chirilgan. Ular orasida 62,5 million nafar ichki ko'chirilganlar, 35,3 million qochqinlar, 5,4 million boshpana izlovchilar va 5,2 million xalqaro himoyaga muhtoj odamlar bor.
Shu sababli eng og'ir yuk past va o'rta daromadli mamlakatlar yelkasiga tushadi, chunki ular qochqinlarning 76 foizini va xalqaro himoyaga muhtoj boshqa shaxslarni qabul qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51816 | Инструменты