Ekspert Makronning “birgalikda yashash hukumati”dagi rolini baholadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning muxolifat bosh vazirligi ostidagi “birgalikda yashash hukumat”dagi roli ramziydir, u qarorlar qabul qila olmaydi, deya Fransiya Siyosiy tadqiqotlar markazi eksperti Alen Polikar xabar berdi.

Polikarning qayd etishicha, Makron parlamentdagi sezilarli miqdordagi o‘rinlarni yo‘qotgan taqdirda ham hokimiyatdan voz kechmaydi, agar muxolifat partiyasi o‘rinlarning mutlaq ko‘pchiligini qo‘lga kiritsa, prezident muxolifat yetakchisini bosh vazir etib tayinlashi shart.

Tahlilchi Makron Ukrainaga qo‘shin yuborish masalasi bo‘yicha parlament qaroriga bog‘liq bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

"Makron haqiqatan ham qo‘shinlarni jo‘natish bo‘yicha buyruq bera olmaydi, garchi konstitutsiyaga ko‘ra, u bosh qo‘mondon bo‘lsa-da, bunday qarorlar parlament tomonidan ovozga qo‘yiladi", — deydi ekspert.

Tahlilchi prezident noroziligini bildirishi mumkinligi, lekin hech narsani hal qila olmasligini, bunday hodisa respublika tarixida uch marta sodir bo‘lganini aytgan. Polikar, shuningdek, har doim davlatning haqiqiy rahbari bosh vazir bo‘lganini ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70522 | Инструменты