Huawei 2
Emomali Rahmon Moskvadagi terakt yuzasidan Tojikiston xalqiga murojaat qildi

Emomali Rahmon Moskvadagi terakt yuzasidan Tojikiston xalqiga murojaat qildi.

"Moskva yaqinida sodir etilgan terror harakati bizni bolalarimiz tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi", - dedi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir ishtirokchilari qarshisida so‘zga chiqqanda. 

Tojikiston rahbari farzand tarbiyasi masalasini ko‘tardi.

"Bu sharmandali va dahshatli hodisa barchamizni, ayniqsa ota-onalarni yana bir bor bola tarbiyasiga o‘ta jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi. Biz o‘smir-yoshlarni xavfli guruhlar ta’siridan ehtiyot qilib, farzandlarimiz tojik millatiga, suveren davlatimizga, o‘z ota-onalari nomiga dog‘ tushirishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", dedi prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga