Mercedes-Benz brendi o’zining eng tez hisoblangan Mercedes AMG One avtomobilining sotuvini boshladi.
Mashina 275 nusxada Buyuk Britaniyada ishlab chiqariladi, uning narxi - 2,75 million yevro.
Model gibrid sxema bo’yicha ishlab chiqarilgan bo’lib, 1,6 litrli V6 dvigatelni va 4 ta elektr motorni o’z ichiga olgan. Mashina motorlarining umumiy quvvati 1063 ot kuchiga teng.
Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, avtomobil 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada, 350 km/soat tezlikka esa 15,6 sekundda erishadi. Avtomobil sof elektr rejimida 18,1 kilometr masofani bosib o’ta oladi. Benzinli dvigatelni ishlab chiqishga Formula 1 poyga avtomobillarining motorlari asos qilib olingan. Shu sababli ham Formula 1 haydovchilari Lyuis Xemilton, Devid Kultxard va Niko Rosberg avtomobilning ilk xaridorlari bo’lishadi.
Sizga qiziq bo'lishi mumkin:
AQShda “Yil avtomobili” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
Ferrari Xitoy sharafiga yaratilgan Roma sport avtomobilini taqdim etdi (Video)
2022-yilda taqdim qilingan eng chiroyli avtomobillar e'lon qilindi (foto)
2022-yilning eng xavfsiz avtomobillari nomi e’lon qilindi (ro'yxat)
Yevropada "Yil avtomobili" tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi
Rolls-Royce 2022-yilda qancha avtomobil sotganini ma'lum qildi
Alpha version: 0.9.1.19 build 120612 | Инструменты