AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 4-9 yanvar kunlari Janubiy Koreya, Yaponiya va Fransiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreyaga safar davomida Blinken yuqori darajali rasmiylar bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qiladi. Shuningdek, safar davomida “erkin, ochiq va ravnaq topgan Indo-Tinch okeani mintaqasini ilgari surish” masalalari ko‘tariladi.
Yaponiyada Blinken Tokio va Vashington o‘rtasidagi so‘nggi yillardagi aloqalar rivojini yuqori darajadagi rasmiylar bilan ko‘rib chiqadi. Shuningdek, Davlat kotibi ikki tomonlama, mintaqaviy va global masalalarni hal qilishda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning muhimligi haqida nutq so‘zlaydi.
“Fransiyada Davlat kotibi Blinken fransuz rasmiylari bilan uchrashadi va Yevropada, Yaqin Sharqda va undan tashqaridagi muammolarni hal qilish bo‘yicha bizning muhim hamkorligimizni muhokama qiladi”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51816 | Инструменты