Eron AQSH aviatashuvsining modelini portlatib yubordi
Eron xarbiy mashqlar doirasida yangi turdagi ballistik raketalarni sinovdan o'tkazdi. Islomiy inqilob qo'riqchilari korpusining xabar berishicha, "kamuflyaj shaklda chuqur yer ostiga yashiringan" raketalarning sinovlari muvaffaqiyatli o'tdi.
Voqeadan xabar topgan AQSh mintaqadagi ikkita bazada yuqori tayyorgarlik rejimini e'lon qildi.
Mashqlar davomida Eron qurolli kuchlari «Nimits» turidagi Amerika aviatashuvchisi modelini portlatdi. Aviatashuvchi modeli Hind okeani orqali o'tgan haftada Fors ko'rfaziga kirgan edi.
AQSh mudofaa vazirligi esa dengizdagi har qanday tahdidni bartaraf etishga tayyor ekanliklarini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90823 | Инструменты