Huawei 1
Eron prezidenti: Isroilning Bayrutga bergan zarbasidan keyin Tehron “harakat qiladi”

Eron hukumati Livan xalqiga hamdardlik bildiradi va Isroil havo kuchlarining Bayrut janubidagi Hizbullohning yerosti qarorgohiga bergan zarbasi ortidan tegishli choralar ko‘radi. Bu haqda Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ma’lum qildi.

“Eron Islom Respublikasi hukumati sionistlarning (Isroil – tahr.) soʻnggi jinoyati yuzasidan chora koʻradi va har doim Livan xalqi va qarshilik oʻqi tarafida boʻladi”, - dedi Eron prezidenti.

Hujum oqibatida halok bo‘lgan va yaralangan barchalarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va voqeani urush jinoyati deb atadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты