Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats Eron haddidan oshib ketgani va tinch aholi bor hududga raketa zarbasi yo‘llaganini aytdi. Vazirning bu haqdagi so‘zlarini Ynet keltirdi.
Mudofaa vaziri Eronni qilgan ishlari uchun katta tovon to‘lashini iddao qilgan.
“Eron qizil chiziqlarni bosib o‘tdi, u Isroilning tinch aholi punktlariga raketalar uchirishga jur’at etdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Eron rejimi o‘z jinoyatkor harakatlari uchun juda katta to‘lov to‘lashini ta’minlaymiz”, degan Kats.
Tibbiyot xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, Eronning Isroilga yo‘llagan javob zarbasida 17 kishi jabrlangan, ulardan biri o‘rtacha og‘ir ahvolda.
Eron uch to‘lqinli raketa zarbalarini amalga oshirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61419 | Инструменты