Huawei 2
Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi.

14-chaqiriq Prezident saylovida 61 million 452 ming 321 saylovchi ovoz berish huquqiga ega.

Prezidentlik uchun to‘rt nomzod kurashadi: Masud Pezeshkian, Mustafo Pourmohammadi, Said Jalili va Muhammad Bagir G‘olibaf.

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Xudaferindan Tabrizga uchayotgan bortda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon, Eron oliy rahbarining Tabrizdagi vakili Muhammad Ali Hoshimiy va Sharq gubernatori bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi.

Eron prezidenti va unga hamrohlik qilayotgan butun delegatsiya halok bo‘lgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63020 | Инструменты