Huawei 1
O'zbekiston elchisi Britaniya Moda kengashi rahbariyati bilan o'zbek milliy brendlarini birgalikda targ'ib qilish to'g'risida kelishib oldi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Moda kengashi direktori o'rinbosari Devid Ley-Pemberton bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot avvalida xorijiy tomon O'zbekistonning to'qimachilik sanoatining ulkan salohiyati va paxta yetishtirishdagi eng ilg'or hamda samarali amaliyotlar bilan tanishtirildi.

Tomonlar hamkorlik istiqbollari, xususan, O'zbekiston to'qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan yirik biznes subyektlari va tadbirkorlarning Britaniya bozorlariga o'z mahsulotlari bilan kirishi bilan bog'liq masalalar xususida fikr almashdilar.

Britaniya Moda kengashi rahbariyati joriy yil 2-4-oktabr kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadigan kreativ iqtisodiyotga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada qatnashish taklifi bildirildi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston kiyim-kechak brendlarining Britaniya Moda kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish masalalarini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Britaniya Moda kengashi (British Fashion Council) 1983-yilda ta'sis etilgan. Kengash mamlakatning moda sanoatidagi yetakchi dizaynerlar va brendlarni dunyo miqyosida nufuzini oshirish va qo'llab-quvvatlaydi. Mazkur tashkilot tomonidan har yili ikki marta o'tkaziladigan London moda haftaligi (London Fashion Week) dunyo modalar sanoatidagi muhim tadbirlardan biri sifatida e'tirof etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92221 | Инструменты