Huawei 1
Futzal bo‘yicha JCH-2024. Tojikiston Panamaga yutqazdi, Portugaliya Marokashdan ustun keldi, Afg‘oniston 1/8 finalga chiqdi

Futzal bo‘yicha jahon chempionati 3-tur doirasida E guruhidagi bahslar yakunlandi.

Keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan Tojikiston milliy jamoasi Buxoroda o‘tgan bahsda Panamaga yutqazdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi. Panama esa hozircha eng yaxshi 3-o‘rindagi jamoalar orasida 4-o‘rinda bo‘lib turibdi. Panama Venesuela va Gvatemala o‘yin natijasini kutadi.

Portugaliya esa Marokashdan ham ustun kelib maksimal natija bilan guruhda 1-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, Tojikiston uyiga qaytadi, yana bir qo‘shni Afg‘oniston esa 3 ochko bilan o‘z tarixida ilk bor pley-offga chiqadi.

«E» guruhi. 3-tur

Panama – Tojikiston – 8:3

Gollar: Makensi 14, Forero 14, Milord, Makensi 31, Xose Kabalero 38, Abdiyel Kastrellon 39, Xose Kabalero 39 – Alimahmadov 5, Rizomov 27, Yorov 35.

Marokash – Portugaliya 1:4

Gollar: Sofyan El Mesrar (33) – Erik (2), Bruno Koelo (19), Bruno Koelo (22), Ziki (39).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92221 | Инструменты