Huawei 1
Yer vaqtincha “ikkinchi Oy”ga ega bo‘ladi

Yer ikki oy davomida “ikkinchi Oy”ga ega bo‘ladi. Ushbu g‘ayrioddiy hodisa haqida RNAAS jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda ma’lumot berildi.

Gravitatsion tortishish natijasida 2024 PT asteroidi tutib olinadi. U joriy yil 29-sentyabrdan 25-noyabrgacha sayyora bilan birga bo‘ladi. 

Shu vaqt mobaynida asteroid Yer atrofida xuddi kichik Oydek aylanadi, so‘ngra asteroidlar kamariga qaytib ketadi.

Kosmik jism Yerning to‘liq orbitasi bo‘ylab aylanmaydi. Bu esa havaskorlar teleskopi bilan uni kuzatishni ancha qiyinlashtiradi, buning uchun professional asbob-uskunalar talab etiladi. Olimlar mini-Oy Yer orbitasiga faqat 2055-yilda qaytib kelishini aytmoqda. So‘nggi marta u 2006 va 2020-yillarda kuzatilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92222 | Инструменты