Huawei 1
22-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston rahbariga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston uchun ijodiy iqtisodiyot juda muhimligi va buning sabablari aytildi

Ijodiy iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi ulushi bu yil 1,5 trillion dollarga yaqinlashdi va bu ulush jadal o‘sishda davom etyapti.

Mahmud Murodovning navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi

Uning UFC‘dan keyingi ilk jangi to‘liq davom etdi. Murodov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Gulistonga Xitoydan 8 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

26 oʻrindiqli yangi avtobus sovitish va isitish vositalari, shuningdek, “GPS” tizimi va maxsus videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Salonda elektron toʻlov tizimini amalga oshirish qurilmasi ishlaydi.

Toshkentda ona farzandini vahshiylarcha kaltakladi

Voyaga yetmagan farzandiga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgan onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xitoy kompaniyasi Toshkent viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi quradi

Bo‘ka tumanida 621 gektar yer maydoni ajratildi. Loyiha qiymati — 150 mln dollar.

Andijonda o‘quvchilar parta tashigani uchun maktab direktori jazolandi

Andijon shahridagi 37- umumta’lim maktabi o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va bunga beparvo yondashgan direktor jazolandi.

O‘zbekistonda kasblarni xalqaro sertifikatlashtirish tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston - Turkiya malakalarni baholash markazini tashkil qilish bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.

8 oyda O‘zbekistonda qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2024-yilning 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 30 460 tani tashkil etgan.

Davlat mulkini xususiylashtirish tartibi o‘zgarmoqda

Xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulki garovga berilmasligini belgilovchi norma kiritilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92221 | Инструменты