Huawei 1
Estoniya AQSHdan ko‘proq ATACMS raketalarini sotib olishga ruxsat berishni so‘radi

Estoniya AQSHdan avvalgi kelishuvlarga qaraganda uch baravar ko‘p ATACMS raketalarini sotib olishga ruxsat berishni so‘radi. Bu haqda Estoniya davlat mudofaa investitsiya markazi (RKIK) rahbari Magnus-Valdemar Saar ma’lum qildi.

Estoniya Qo‘shma Shtatlardan uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalarini oldingidan bir necha barobar ko‘p sotib olishga ruxsat so‘radi. Shuningdek, Estoniya sotib olishni rejalashtirayotgan qo‘shimcha o‘q-dorilarning aksariyati 2031-yilgacha yetkazib berilishi mumkin”, dedi Magnus-Valdemar Saar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Estoniya AQSH Kongressi ilgari ma’qullaganidan uch-to‘rt barobar ko‘proq HIMARS raketalarini ham sotib olmoqchi.

Avvalroq AQSH Estoniyaga 100 ga yaqin raketa (ulardan 18 tasi ATACMS raketalari) sotilishga ruxsat bergani xabar qilingandi.

19-sentyabr kuni NATO Estoniya qurolli kuchlariga alyans va Moskva o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qurolli mojaroga tayyorgarlik ko‘rish vazifasini yuklagandi.

Estoniyalik general Vahur Karus NATOning yangi ko‘rsatmalarini mamlakat harbiy doktrinasi uchun “fundamental o‘zgarish” deb atagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты