Huawei 1
Estoniya Boltiq dengizi orqali o'tish uchun soliq joriy etishni taklif qildi

Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur Boltiq dengizidagi suvosti kabellarini himoya qilish bo‘yicha bir qator choralar muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu qimmat loyihaga aylanadi va natijada iste’molchilar soliq yoki kommunal to‘lovlarning oshishi orqali qo‘shimcha xarajatlarni qoplashi mumkin. Shu bilan birga, alternativ choralar sifatida Boltiq dengizi orqali o‘tuvchi kemalardan to‘lov olish taklif etilmoqda.

“Ehtimol, kelajakda Daniya bo‘g‘ozlaridan (Boltiq dengizini jahon okeani bilan bog‘lovchi asosiy dengiz yo‘li) o‘tishda kompaniyalar to‘lov to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Chunki bu, aslida, kabellarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarga qarshi sug‘urta to‘lovidir”, — dedi Pevkur Reuters agentligiga bergan intervyusida.

Pevkurning aytishicha, akvatoriyani patrul qilish bilan bir qatorda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ham ko‘rib chiqilmoqda. Ularga “suvosti kabellarini himoya qilish uchun maxsus devorlar qurish” va “ankaralarni aniqlash uchun datchiklar o‘rnatish” kiradi.

Xalqaro kabel himoyasi qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 150 ga yaqin suvosti kabeli shikastlanadi. Boltiq dengizida yotqizilgan kabellar ayniqsa xavf ostida, chunki bu hududda juda intensiv harakat mavjud — turli manbalarga ko‘ra, har kuni dengizdan 4 mingga yaqin kema o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты