Huawei 1
Finlandiya aholisi yana dunyodagi eng baxtli xalq deb tan olindi

20-mart—Xalqaro baxt kuni Nyu-Yorkda yillik Global baxtiyorlik hisobotining xulosalari taqdim etildi. Unga ko'ra, Finlandiya sayyoradagi eng baxtli aholiga ega mamlakat bo‘lib qolmoqda

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Finlandiyaning hali NATOga kirishi tugallanmagani natijasida Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashganiga qaramay, bu Skandinaviya davlati ketma-ket oltinchi yil baxtiyorlik reytingida yetakchilik qilmoqda.

Eng baxtli beshlikka, shuningdek, (kamayish tartibida) Daniya, Islandiya, Isroil va Niderlandiya, keyingi o‘ntalikka Shvetsiya, Norvegiya, Shveytsariya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiya kirdi

Germaniya bir yil davomida reytingda ikki pog‘ona pastga tushib, 16-o‘rinni egalladi. Nisbatan yuqori o‘rinlarni Boltiqbo‘yi davlatlari - Litva (20), Estoniya (31) va Latviya (41) egalladi. 

Hisobotda keltirilgan 137 davlat orasida eng baxtsizlari Serra-Leone, Livan va Afg‘oniston bo'ldi. 

Shu bilan birga, O‘zbekiston 137 davlat orasida baxtiyorlik bo‘yicha global reytingda 54-o‘rinda qayd etildi.

Ukraina (92-o‘rin) va Rossiya (70-o‘rin) o‘tgan yilga nisbatan o‘z pozitsiyalarini biroz yaxshilagan, Ukraina indeksi esa minimal darajada pasaygan. 

"Ukrainadagi azob-uqubatlar va zarar ko‘lamiga qaramay, uning aholisi tomonidan hayotni baholash 2022 yil sentabr oyida 2014 yilda Qrim annexia qilinganidan keyin yuqoriroq ko‘rsatkichni ko‘rsatdi", - deydi tahlilchilar. 

Ularning fikricha, bunga boshqa narsalar qatori ukrainaliklar o‘rtasida birdamlik hissi va ularning prezident Volodimir Zelenskiyga bo‘lgan ishonchi ham bog‘liq. Hisobot mualliflaridan biri, Oksford universiteti professori Yan-Emmanuel De Neve shunday dedi: "Rossiya bosqinchiligi Ukrainani yagona davlatga aylantirdi". 

Hisobot mualliflarining qayd etishicha, umuman olganda, 2020-2022-yillarda sayyora aholisining ko‘pchiligi tomonidan hayotini baholash pandemiya va boshqa inqirozlarga qaramay barqaror darajada saqlanib qolgan. So‘nggi uch yildagi ko‘rsatkichlar avvalgi uch yildagi kabi o‘rtacha yuqori bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, baxt va farovonlik aholi o‘rtasida imkon qadar teng taqsimlangan mamlakatlar aholisi o‘zlarini baxtliroq his qilishadi. 

Yillik Global baxtiyorlik hisoboti Qo‘shma Shtatlar olimlari tomonidan Gallup International sotsiologik tashkilotlar assotsiatsiyasining so‘nggi uch yil davomida o‘tkazgan so‘rovlari asosida tayyorlanadi. Baxt indeksi oltita asosiy mezonda hisoblanadi: ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, daromad, salomatlik, erkinlik, saxiylik va korrupsiyaning yo‘qligi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты