Huawei 1
Fransiya Bosh vaziri Gabriel Attal iste’foga chiqdi

Fransiya Bosh vaziri Gabriel Attal 8-iyulga o‘tar kechasi Prezident Emmanuel Makronga o‘z iste’fosini taqdim etishini aytdi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazirning bayonoti navbatdan tashqari parlament saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilinganidan keyin yangradi.

Attal yangi saylangan deputatlarni tabriklab, parlamentni tarqatib yuborishni istamasligini, shuning uchun uning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, ularning ittifoqi Fransiyada o‘tkazilgan navbatdan tashqari parlament saylovlarining ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra mutlaq ko‘pchilik 289 o‘ringa ega bo‘lmagan.

“Bu saylovda men vakillik qilayotgan siyosiy guruh bugun kechqurun ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olmadi. Respublika an’analari va o‘z prinsiplarimga ko‘ra, ertaga ertalab Prezidentga iste’foga chiqish arizamni topshiraman”, deydi u.

Hukumat rahbari ushbu tun fransuz xalqi uchun yangi davrni boshlashini ta’kidladi.

Bosh vazir bu saylovda o‘ta o‘nglar tarixiy darajaga yetganini ta’kidladi. Attal 61,62 foiz ovoz olib, Hauts-de-Seine 10-saylov okrugi bo‘yicha parlament deputati etib saylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100620 | Инструменты