Huawei 1
G‘azoda halok bo‘lganlar soni 17 mingdan oshdi

G‘azo sektorida Isroilning hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 17 177 kishiga yetdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al Hadath” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, 46 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, birgina so‘nggi 24 soat ichida 350 kishi halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Isroilning HAMAS bilan urushi 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. 22 noyabr kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldilar va bu kelishuv bir necha bor uzaytirildi. 1 dekabr kuni Isroil armiyasi G‘azoda operatsiyani qayta boshladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты