Huawei 1
“Gazprom” Moldovaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi

“Gazprom”ning maʼlum qilishicha, “Moldovagaz” amaldagi shartnoma bo‘yicha o‘z to‘lov majburiyatlarini muntazam ravishda bajarmayapti, bu esa shartnoma shartlarini jiddiy buzilishi hisoblanadi.

Gaz yetkazib berishni to‘xtatish 1 yanvar kuni ertalab soat 8:00 dan kuchga kiradi va “Gazprom” qarzdorlik hal etilganini “Moldovagaz”ga maʼlum qilmaguncha davom etadi.

2021 yil kuzida “Gazprom” va “Moldovagaz” o‘rtasida gaz yetkazib berish bo‘yicha besh yillik shartnoma imzolangan. Moldova rasmiylari shartnomada birja narxlariga asoslangan formula mavjudligi, bu esa gaz narxining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga olib kelishini bildirgan. Kishinyov audit o‘tkazish va uni natijasi asosida qarzlarni to‘lash majburiyatini olgan. “Gazprom” qarzni 709 million dollar miqdorida baholagan. Noyabr oxirida Moldova bosh vaziri Igor Rechan qarzni “mavjud emas“ deb atab, Moldova uni to‘lash niyatida emasligini bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10114 | Инструменты