DC kino olamidagi bir nechta filmlarda Supermen rolini ijro etib tanilgan aktyor Genri Kavill Turkiyadagi zilzila qurbonlariga 1 million dollar xayriya qildi. Bu haqda Turkish Posts English nashri xabar bermoqda.
Aktyor Turkiya viloyatlariga odamlar uchun oziq-ovqat, hamda hayvonlar uchun maxsus ozuqa yetkazib berishni ham tashkillashtirgan.
Shuningdek, manbalar Kavill Turkiyada bo’lganida o’zini kamtar tutganini qayd etgan.
Eslatib o’tamiz, 6-fevral kuni Qahramanmarashning Pazardjik tumanida 7,7 magnitudali, Elbiston tumanida esa 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo’ldi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, zilzila oqibatida qurbonlar soni 46,1 ming kishidan oshgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajep Tayyip Erdog’an ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha hozirda zilzila sodir bo’lgan va talofat yetgan hududlarda allaqachon 22 mingta uy qurilishi boshlab yuborilgan. Bu viloyatlarda jami 488 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilgan, deya qo’shimcha qildi prezident.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42620 | Инструменты