Huawei 1
Germaniya aeroportlarida yo‘lovchilarni tekshirish tizimida nosozlik yuzaga keldi

Germaniya aeroportlari faoliyati Federal politsiya kompyuter tizimida kuzatilgan nosozlikdan jabr ko‘rmoqda. Bu haqda Bild gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Gap mamlakatga kiruvchi yo‘lovchilarni tekshirishda foydalaniladigan tizimlar haqida ketmoqda. Politsiyaning Frankfurt aeroportidagi vakilining aytishicha, «tizim amalga oshirgan ko‘plab ishlarni qo‘lda qilishga to‘g‘ri kelgan». Nosozilik sababi hozircha ma’lum emas.

WDR ma’lumotlariga ko‘ra, muammo Dyusseldorf, Kyoln/Bonn va Dortmund, shuningdek, Frankfurt aeroportlarida kuzatilmoqda. Shu bilan birga, faqat Frankfurt aerportida muqobil tizimdan foydalanish mumkin, Dyusseldorfda esa uchib kelgan yo‘lovchilar hozircha samolyotda qolmoqda.

Ta’kidlanishicha, politsiya va texnik mutaxassislar muammoni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Nosozlik sababi yaqin vaqtlar ichida aniqlanishi aytilgan, ammo tizim faoliyati qachon qayta tiklanishi noma’lum.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10615 | Инструменты