COVID-19 pandemiyasi Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan SARS-CoV-2 virusining sizib chiqishi tufayli yuzaga kelgan. Germaniya tashqi razvedka xizmati BND 2020 yilda shunday xulosaga kelgan, deb yozadi Süddeutsche Zeitung va Zeit gazetalari 12 mart, chorshanba kuni.
Ta’kidlanishicha, bu boradagi tekshiruv federal kansler tomonidan maxsus xizmatga topshirilgan va keyinchalik aynan u olingan ma’lumotlarni maxfiylashtirgan.
Nashrlarga ko‘ra, BND tahlili ochiq manbalarga, xususan, Saaremaa shartli nomdagi razvedka xizmati operatsiyasi doirasida to‘plangan materiallarga asoslangan. Xususan, bu Xitoy tadqiqot institutlari, shu jumladan Uxan virusologiya instituti ilmiy ma’lumotlariga tegishli. Materiallarda nafaqat tabiiy viruslar sun’iy ravishda o‘zgartirilgan xavfli tajribalar, balki laboratoriyalarda xavfsizlik qoidalarining ko‘plab buzilishi belgilari ham mavjud.
Jurnalistlarga ko‘ra, Angela Merkel Germaniya hukumati rahbari bo‘lgan davrda BND boshlig‘i Bruno Kal federal kansler idorasini SARS-CoV-2 virusi kelib chiqishini tekshirish bo‘yicha operatsiyalar haqida shaxsan xabardor qilgan.
Ushbu hisobotlarda virusning laboratoriyadan kelib chiqishi ehtimoli 80-95 foizga baholangan, deb yozadi Süddeutsche Zeitung va Zeit. Biroq, federal kansler idorasi bu ma’lumotni ommaga oshkor qilmaslikka qaror qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31314 | Инструменты