Huawei 1
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga qulashi oqibatida kamida 51 kishi halokatga uchradi

Gvatemalda yo‘lovchi avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus San-Agustin-Akasaguastlan shahridan mamlakat poytaxti tomon harakatlanayotganida ko‘prikdan jarlikka qulagan.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, hodisa avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuz bergan. Avtobus bir nechta avtomobil va ko‘prikning metall panjaralariga urilgan, so‘ng daryo oqib o‘tuvchi jarlikka qulagan.

Hodisa joyidan olingan suratlardan ko‘rish mumkinki, avtobusni qisman suv bosgan. Taxminlarga ko‘ra, avariyaga avtobusning tormoz tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Fojia oqibatida 36 nafar ayol va 15 nafar erkak halok bo‘lgan. Gvatemalada uch kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21118 | Инструменты