Huawei 1
Hajda mingdan ortiq ziyoratchi vafot etdi

Saudiya Arabistonida haj vaqtida vafot etgan ziyoratchilar soni ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilardir. Ularning aksariyati issiqdan vafot etgan. 

Haj amalini 1,8 milliondan ortiq ziyoratchi ado etmoqda. Bu yil haj vaqtida Makkada havo harorati deyarli 52 darajaga yetmoqda. Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi harorat keskin ko‘tarilishidan ogohlantirgan va ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda bo‘lmaslikni so‘ragan.

Haj vaqtida ziyoratchilar orasida o‘lim holatlari deyarli har yili kuzatiladi. Jaziramadan tashqari ravishda, odamlar tiqilinchda halok bo‘ladi. O‘limlarning maksimal soni 2015-yilda qayd etilgan — o‘shanda tiqilinchda 2,1 ming kishi vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63020 | Инструменты